Hammamizga ma’lumki, Amerika Qo’shma Shtatlari ta’lim tizimi dunyodagi eng kuchli ta’lim tizimlaridan biridir. U yerdagi oliygohlarda o’qishni o’zi kishiga o’zi bo’lgan ishonch olib keladi. 

Bugungi kunda, AQSH minglab unversitetlar mavjud. Shuning uchun ko’pchilik bo’lajak talabalar unversitet tanlashda ikkilanishadi. Bazan xato tanlov qilishlik esa, konsullik tomonidan viza berilmay qolish xolatlariga ham olib kelishi mumkin. Xo’sh unda unversitet tanlayotganda nimalarga e’tibor berish kerek? 

Unversitet tanlovi visa berish yoki bermaslikda eng asosiy omillardan desak ham bo’ladi. Tan olib aytish kerakki so’nggi yillarda AQSH vizasini qo’lga kiritish juda ham mushkul ishga aylandı. Buning esa sabablari juda ham ko’p. Keling yaxshisi, universitet tanloviga qaytaylik. 

Birinchi navbatda siz, aynan shu unversitetda o’qish orqali nimalarga erishingiz mumkinligi haqida o’ylashingiz kerak. Masalan siz Komputer Muhandisligiga (Computer Engineering) qiziqsangiz, aynan shu soxa bo’yicha nom chiqargan unversitetga topshirishni maqsad qiling. Lekin u unversitet aynan MIT (Massachesests Institute of Technology) bo’lishi shart emas. Bundan tashqari, unversitetda o’qitiladigan fanlar, tadqiqotlar uchun imkoniyatlar kengligiga e’tibor berishingiz kerak. Shu orqali siz, vıza suhbati davomida, nega aynan shu unversitetni tanlading degan savolga “bo’ladigan” javoblarni berishingiz oson bo’ladi. 

Bundan tashqari, unversitet joylashuvini e’tibordan chetda qoldirmang. Chunki bu sizning Amerikadagi ijtimoiy hayotingizda katta ro’l oynaydi. Agar sizda, o’qish davomida ozgina ishlab pul ham topish niyyati bo’lsa unda, katta shaharga borganingiz maqul. Aks holda, nisbatan kichik shaharlarda ish topish anchagina qiyin bo’lishi mumkin. 

Ta’lim narxlarini ham e’tiborga olish kerakmi? Albatta, axir cho’ntakka qarab ish tutish kerakku. Lekin, ko’pchilik insonlarda bu bo’yicha bir qator noto’g’ri tushunchalar mavjud. Masalan, kontrakt summasi qancha baland bo’lsa, viza berishi shunchalik oson bo’ladi. Bu mutlaqo noto’g’ri. Konsul sizga viza berishidan oldin, siz shu summani ishlamasdan to’lay olishingizga ishonch hosil qilishi kerak. 

Va nihoyat eng oxirgi va balki eng muhim maslahat, harakatni oldindan boshlang. Aksariyat unversitetlar qabulni odatda bir yıl oldin ochishadi. Agar sizda TOP unversitetlarda grant asosida (qisman va bazan to’liq) o’qish niyyatida bo’lsangiz, harakatni oldindan boshlang va bu soxada tajribaga éga bo’lgan agentliklarda murojaat qiling.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *